O‘z joniga qasd qilish haqida afsonalar (2024)

O‘z joniga qasd qilish (suitsid) haqida bir qancha noto‘g‘ri tushunchalar shakllangan. “CNN health” o‘z joniga qasd qilish haqida odamlar orasida yuradigan mif (afsona)larni bir materialga to‘pladi.

AQSH ruhiy kasalliklar bo‘yicha milliy alyansi (NAMI) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish haqida fikrlar insonning chuqur iztirob chekayotganligi va yordam so‘rashi zarurligining belgisidir. Ammo noto‘g‘ri tushunchalar odamlarning kerakli yordamni so‘rashiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

JSSTga ko‘ra, har yili 700 000 dan ortiq inson o‘z joniga qasd qilish oqibatida vafot etadi. Suitsid 15-29 yoshdagi o‘lim sabablari orasida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Global o‘z joniga qasd qilish holatlarining 77 foizi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi.

Quyida mutaxassislar o‘z joniga qasd qilish haqidagi keng tarqalgan afsonalarni sanaydi:

1-afsona: O‘z joniga qasd qilishga uringan har qanday kishining ruhiy salomatligida muammolar mavjud

“Faqat ruhiy salomatligida muammosi bo‘lgan odamlargina o‘z joniga qasd qilishi mumkin degan yanglish fikr mavjud, — deydi Nyuport sog‘liqni saqlash markazining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha katta direktori, klinik psixolog Maykl Roeske. — Ko‘plar ruhiy salomatligidan qat’iy nazar kuchli stress holatini boshdan kechirishii mumkin. Kimdir ishidan ayriladi, kimdir xiyonatga duch keladi va oxir-oqibat ular yashashdan ma’no ko‘rmay qolishadi”.

NAMI ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa omillar sirasiga jinoiy yoki huquqiy masalalar, ta’qibga uchrash, boshpanasini yo‘qotish, siqilish, o‘limga olib keluvchi yoki zaiflashtiruvchi kasalliklar, travma yoki boshqa inqirozlar kabi hayotiy stressllar kiradi.

2-afsona: O‘z joniga qasd qilishga uringan odamlar xudbin bo‘ladi

“O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan insonni xudbin deyish uni kamsitish bilan teng, go‘yoki u bu qarorni yoqimli sababga ko‘ra qabul qilgandeki”, — deydi Roeske. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilishga uringan yoki shu sababdan o‘lgan odamlar ko‘pincha o‘zlari boshdan kechirayotgan kurashni tugatishni istashadi yoki yaqinlariga yuk bo‘lishni to‘xtatishni xohlashadi. “Bu o‘z manfaati yo‘lida qaror qabul qilish ma’nosidagi xudbinlik emas, — qo‘shimcha qiladi u. — Bu “Men bu vaziyatdan qanday chiqishni bilmayman”, degan fikrga asoslangan qaror. “Men o‘zimni juda yomon his qilyapman. Men juda kuchli stress holatidaman. Bu holatdan qutilishim uchun yagona yo‘l jonimga qasd qilish ekanligidan juda xafaman va boshqa tanlovim yo‘qligini his qilyapman”, kabi fikrlar ustunlik qiladi bunday holatdagi odamda”.

3-afsona: Ular o‘z joniga qasd qilish bilan odamlar e’tiborni qaratishga intilishadi

Ba’zi odamlarning fikriga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish fikrini bildirganlar atrofdagilardan shunchaki e’tibor talab qilayotgan bo‘ladilar, lekin aslida o‘lishni xohlamaydilar. “Siz bunga qanday munosabatda bo‘lishingizdan qat’i nazar, — deydi Roeske, — muammoning o‘zagi borligini jiddiy qabul qilishingiz kerak, u odam haqiqatan ham azoblanayotgan va o‘zi bilan o‘zi juda ko‘p kurashayotgan bo‘ladi”.

4-afsona: O‘z joniga qasd qilish — bu tanlov

O‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha Amerika jamg‘armasiga ko‘ra, ba’zi ekspertlar o‘z joniga qasd qilish ixtiyoriy tanlov emasligini ta’kidlaydilar.

“Bu juda katta falsafiy savol, — deydi Roeske. — O‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan odamning fikrlashi giyohvand modda iste’mol qilgan yoki surunkali zo‘rayib borayotgan xastalikni boshdan kechirayotgan odamnikiga o‘xshaydi. Neyrokimyoviy o‘zgarishlar tufayli bunday odamlarda bajarayotgan harakatlarini to‘la idora qilish imkoniyati cheklangan bo‘ladi”.

5-afsona: Suitsid haqida gapirish o‘z joniga qasd qilish holatlariga olib keladi yoki uni rag‘batlantiradi

“Ko‘pchilik agar kimdandir suitsid haqida so‘rasam va u bu haqida o‘ylab yurgan bo‘lsa, savollarim uni ilhomlantiradi va o‘z joniga qasd qilishga turtki beradi, deb qo‘rqadi, — deydi Roeske. — Kimdandir siz sezgan xavf belgilari haqida so‘rash noqulay bo‘lishi mumkin, ammo bu o‘z joniga qasd qilishni tezlashtirishga olib kelmaydi”.

NAMI ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish haqida ochiq suhbatlar stigmani kamaytirishga yordam beradi va odamlarga yordam so‘rash, imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘z hikoyalarini boshqalar bilan baham ko‘rish imkoniyatini beradi.

6-afsona: Kayfiyatning yaxshilanishi o‘z joniga qasd qilish xavfi chekinganligini anglatmaydi

Agar kimdir o‘z joniga qasd qilishga urinib ko‘rsa, lekin keyinchalik uning kayfiyati yaxshilangandek tuyilsa, undagi xavf yo‘qolgan deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo buning aksi bo‘lishi mumkin. Nevada jamoat va xulq-atvor salomatligi byurosining o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘limiga ko‘ra, urinishdan keyingi uch oy ichida kishida kayfiyat o‘zgarishlaridan qat’i nazar o‘z joniga qasd qilish natijasida o‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Chunki u suitsidga qat’iy qaror qilgan va bu qaror tufayli o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lishi mumkin.

7-afsona: Kimdir o‘z joniga qasd qilishga qaror qilsa, uni to‘xtatish imkonsiz

“Ba’zida odamlar suitsid haqida so‘rash befoyda, chunki qaror qilgan odam baribir buni amalga oshiradi deb o‘ylashadi”, — deydi Ogayo universiteti Veksner tibbiyot markazi klinik direktori Jastin Beyker.

Ammo, Beykerga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish xavfi darajasi va ehtimoliga ta’sir qiladigan omillar mavjud. NAMIning ta’kidlashicha, ilgari sodir etilgan suitsid tarixi yoki irsiy omillar asosiy faktorlardir. Dinamik faktorlar esa ma’lum bir vaziyatga xos ekanligi sababli o‘zgaruvchandir.

Manbada aytilishicha, o‘z joniga qasd qilishga urinish “chuqur, og‘riqli his-tuyg‘ular va fikrlarni boshqarishga urinishdir. Bu fikrlar tarqagach, suitsid g‘oyalari ham tarqaydi. Ular qaytib kelishi mumkin bo‘lsa-da, doimiy bo‘lmaydi. O‘z joniga qasd qilish fikri va urinishlari bo‘lgan odam uzoq va muvaffaqiyatli hayot kechirishi mumkin”.

O‘z joniga qasd qilish haqida afsonalar (2024)

References

Top Articles
Latest Posts
Article information

Author: Barbera Armstrong

Last Updated:

Views: 5328

Rating: 4.9 / 5 (59 voted)

Reviews: 90% of readers found this page helpful

Author information

Name: Barbera Armstrong

Birthday: 1992-09-12

Address: Suite 993 99852 Daugherty Causeway, Ritchiehaven, VT 49630

Phone: +5026838435397

Job: National Engineer

Hobby: Listening to music, Board games, Photography, Ice skating, LARPing, Kite flying, Rugby

Introduction: My name is Barbera Armstrong, I am a lovely, delightful, cooperative, funny, enchanting, vivacious, tender person who loves writing and wants to share my knowledge and understanding with you.